Ötgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakçi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani körsatib ötildi.
Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga boğlaş tajribasi qolgan mamlakatlardagi elçixonalarimizda ham yölga qöyilişi zarurligi qayd etildi.
Ötgan oyda Londonda “Özbekiston investorlari kuni” taşkil etilgani natijasida 2,77 milliard dollar jalb qiliş böyiça kelişuvga erişildi. Bunday tadbirlarni Nyu-York, Singapur, Hongkong, Dubay, Şanhay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarda ham ötkaziş topşirildi.
Xususiylaştiriş böyiça muhim qarorlar qabul qilinişi kutilmoqda. Bunda 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond çiqarib, IPÖga qöyiladi, 49 ta korxonadagi davlat uluşi xalqaro bozorda sotiladi.
“Bu öz-özidan bölmaydi. Investor keladi, deb ötirmasdan, elçilar uçraşuv taşkil etişi, vazirlar va hokimlar borib taqdimot qilişi kerak. Şunda natija böladi”, - dedi prezident.
Şu oyda Jizzaxda, iyun oyida esa Toşkent şahrida xalqaro investitsiya forumlari ötkaziladi. Vazirlar va hokimlarga hozirdan puxta tayyorlanib, investorlarga taklif qiliş uçun loyihalar portfelini şakllantiriş topşirildi. Bunday forumlarni yil davomida barça hududlarda taşkil etiş vazifasi qöyildi.












