Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekiston hududlari uchun ustuvor loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi
Britaniyaning yetakchi muhandislik kompaniyasi O‘zbekiston hududlari uchun ustuvor bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi.
Mamlakat elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Britaniyaning ARUP kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
ARUP vakillari kompaniya O‘zbekistonda bir qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganligini qayd etish barobarida, loyihalar yo‘nalishlarini kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Tomonlar viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi ustuvor loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.
ARUP muhandislik, loyihalashtirish va ularni boshqarish sohalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, kompaniya konsalting, shu jumladan qurilish, transport, energetika va suv resurslari muhandisligi yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
09:31 / 28.03.2026