Jahon | 18:03 / 29.04.2020
36843
1 daqiqa o‘qiladi

«Xarobadan chiqqan millioner» va «Pi hayoti»dagi rollari bilan tanilgan aktyor Irfon Xon vafot etdi

Bollivud yulduzining o‘limi sababi hozircha aniqlashtirilmagan. 

Foto: Taylor Jewell/Invision/AP

Hindistonlik aktyor Irfon Xon Mumbayda 54 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Bollivud yulduzining o‘limi sababi hozircha aniqlashtirilmagan. 2018 yilda Xonga neyroendokrin o‘simta tashxisi qo‘yilgan edi. U Londonda davolandi, o‘z tashxisini yashirmadi va muxlislariga saraton, tushkunlik hamda kuchli og‘riqlarga qarshi kurashdagi o‘z tajribasi haqida gapirib berdi.

San'atkor Bollivudning «Piku», «Maqbul», «Ruh kuchi» filmlari bilan tanilgan. U shuningdek, «Pi hayoti», «Xarobadan chiqqan millioner» va «Yangi o‘rgimchak odam» singari xalqaro loyihalarda rol o‘ynagan. Bundan tashqari, Xon mustaqil kinoda suratga tushgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid