Jamiyat | 18:13 / 05.09.2025
7743
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

Foto: Videodan kadr

Farg‘onada ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi. Shu haqdagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, holat Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida Oltiariq tumanining «Zilha» mahallasi hamda Buvayda tumanining «Boston buvo» mahallasidagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

Avvalroq, chumchuqdan kabob tayyorlagan choyxona rahbari jarimaga tortilgan edi.

Mavzuga oid