Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona qo‘mitasi imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident bojxona tizimida ham bor imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotganini qayd etdi.
Masalan, o‘tgan yili import bo‘lgan 20 milliard dollarlik tovarlarga salkam 60 trillion so‘mlik imtiyoz qo‘llangan.
Lekin ushbu imtiyozlarning qanchasi maqsadli va samarali qo‘llangani bo‘yicha bojxonada tahlil yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili qo‘llangan imtiyozning bor-yo‘g‘i 3,2 trillion so‘mi o‘rganilganda, ularning 420 milliard so‘mi yoki 13 foizi maqsadsiz qo‘llangan bo‘lib chiqdi.
Shu bois, Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirildi.
Umuman, bu yil qo‘shimcha manbalar hisobidan Soliq qo‘mitasi 40 trillion so‘m, Bojxona qo‘mitasi esa kamida 15 trillion so‘m tushumni ta’minlashi muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025
Xususiy sektorda band bo‘lgan shaxslarga ham nafaqa to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 29.10.2025