YuNeSKO boş konferensiyasining tarixiy 43-sessiyasi qirq yil içida birinçi marta taşkilotning Parijdagi qarorgohidan taşqarida — Samarqand şahrida ötmoqda. Forumning mamlakatda ötkazilişi Özbekistonning YuNeSKO qadriyatlariga sodiqligi, şuningdek, tinçlik, özaro anglaşuv va barqaror taraqqiyot yölidagi global muloqotni rivojlantirişga qaratilgan sa’y-harakatlariga yana bir dalildir.

Sessiya doirasida ta’lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi ustuvor mavzularga bağişlangan 150 dan ortiq tadbir ötkazilişi rejalaştirilgan.

Anjumanda 200 dan ziyod davlat va xalqaro taşkilotlardan yuqori darajadagi delegatsiyalar qatnaşadi. Qatnaşçilar orasida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç, Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini, YuNeSKO boş direktori Odri Azule va boşqa faxriy mehmonlar ham bor.

Ma’lumot uçun: YuNeSKO — BMTning ixtisoslaşgan muassasasi bölib, 1945 yilda taşkil etilgan. Özbekiston 1993 yildan taşkilotning töla huquqli a’zosi, 1996 yilda Toşkent şahrida YuNeSKO vakolatxonasi oçilgan.