Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri A.Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi. Taşrif dasturi doirasida Samarqand şahrida yuqori darajada uçraşuv va muzokaralar ötkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişning istiqbollari muhokama etiladi.

Şuningdek, Peter Pellegrini Samarqandda bölib ötayotgan YuNeSKO boş konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlarida faxriy mehmon sifatida iştirok etadi. Taşrif ikki davlat örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.















