O‘zbekiston | 16:49 / 06.09.2020
35130
2 daqiqa o‘qiladi

Testlarning yakuniy natijalari 24 sentyabrgacha ma'lum bo‘ladi - DTM

Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov test javoblari qachon e'lon qilinishi haqida ma'lumot berdi.

«Test sinovlarini tugatish uchun eng oxirgi muddat 13 sentabr etib belgilangan. Ayrim viloyatlarda bundan oldinroq ham imtihon yakunlanadi. Masalan, Farg‘ona viloyatida 11 sentyabrda tugaydi.

Bundan tashqari, tana harorati yuqori abituriyentlar uchun alohida imtihon tashkil etish ko‘zda tutilgan. Agar ob-havoda o‘zgarish bo‘lmaydigan bo‘lsa, bunday abituriyentlar uchun 17 sentabr kuni imtihon tashkil etilishi rejalashtirilgan», – dedi u 6 sentabr kungi matbuot anjumanida.

DTM rasmiysining qayd etishicha, 17 sentyabrdan so‘ng bir hafta ichida – 24 sentyabrgacha bo‘lgan vaqtda tanlov natijalarini, ya'ni abituriyentlarning talabalikka qabul qilingani haqidagi natijalarni e'lon qilish rejalashtirilgan.

«Appelyatsiya shikoyatini ham tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng yuborish mumkin bo‘ladi. Hozir bu shikoyat arizasini ham onlayn formatda qilish rejalashtirilmoqda», – deya qo‘shimcha qildi Barno Rajabov.

Mavzuga oid