Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Davlat rahbari o‘zbekistonliklarni Iyd al-Fitr bayrami bilan muborakbod etib, barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
«Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, butun xalqimizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu shukuhli onlarda barchamizni mana shunday fayzli va saodatli kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz», deyiladi tabrik so‘zi boshida.
Davlat rahbari so‘nggi yillarda Ramazon oyini munosib o‘tkazish bo‘yicha shakllangan an’ana - ko‘plab xayrli ishlarni sanab o‘tdi. Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, bemorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, iftorlik tadbirlarini o‘tkazish va boshqalar.
«Bunday olijanob ishlar muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga uyg‘un va hamohang bo‘lib, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarimizning ulkan amaliy natijalari sifatida barchamizni xursand qiladi», dedi Mirziyoyev.
Prezident Buxoro shahrida Bahouddin Naqshband nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganini, Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishini esladi. Imom Moturidiyning Samarqand shahridagi majmuasi yangidan barpo etilayotganini ma’lum qildi.
Jahondagi hozirgi g‘oyat murakkab vaziyatda oila va mahallalarda, butun mamlakatda osoyishtalik, fayzu baraka muhitini saqlash, yoshlarimizni yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash o‘ta dolzarb vazifamiz bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
«Biz bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, jonkuyar aka-uka va opa-singillarimiz, hurmatli ziyoli va ulamolarimizga, mahalla faollari hamda tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq barham topib, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda hayot kechirishini tilab qolamiz», dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Iyd al-Fitr bayrami bilan muborakbod etib, barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi.
«Ramazon oyida tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ezgu amallarimiz qabul bo‘lsin! Parvardigori olam el-yurtimizni O‘z panohida asrasin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!», dedi prezident.
Mavzuga oid
22:05 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
21:18 / 02.04.2026
Istiqlolning 35 yilligi «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida nishonlanadi
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
19:05 / 01.04.2026