Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida yil boşidan dunyoda neft narxi 40 foizga oşgani, röy berayotgan ziddiyatlar oqibatida qulay logistika koridorlarini özgartirişga töğri kelayotgani qayd etildi. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham taşiş xarajatlarini 25-30 foizga oşirmoqda. 

«Qança harakat qilib, iqtisodiyotni östirmaylik, agar inflatsiya ham oşib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy özgariş sezilmaydi. Çunki tovar, iş va xizmatlar narxining oşişi köpaygan daromadni qadrsizlantiradi», – dedi prezident.

Inflatsiya importi içki narx-navoga 1 foizgaça qöşimça bosimni yuzaga keltirmoqda. 

Şunday bölsa-da, taşqi bosimni bahona qilib, inflatsiya böyiça işlarni öz holiga taşlab qöymaslik lozimligi körsatib ötildi. 

«Barça rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi özimizniki», – dedi davlat rahbari. 

Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qoliş uçun mahalliy mahsulotlar taklifini köpaytirib, narxini arzonlaştirişi şartligi körsatib ötildi.

Logistikadagi uzilişlar oqibatida birinçi çorakda qoramol importi 2 karra kamaydi. Bunga tezkor yeçim topilib, samolyotda taşiladigan har bir naslli qoramol uçun 4 million sömgaça, göşt importida transport xarajatining yarmini qoplaş yölga qöyildi. 

Şu bilan birga, mahalliy tadbirkorlar uçun muqobil transport koridorlarini ham köpaytiriş zarurligi körsatib ötildi. Şu orqali ikkinçi çorakda 45 ming tonna, yil yakunigaça jami 130 ming tonna göşt importini ta’minlaş zarurligi qayd etildi. 

Mutasaddilarga qayerda tösiq bölsa, qayerda yuk töxtab qolsa, tadbirkorlar masala kötarişini kutmasdan, onlayn monitoring orqali operativ yeçim qilib beriş topşirildi. 

Hududlarda 478 ming gektarda ozuqa ekinlarini ekiş rejalaştirilgan. Lekin Namanganda ozuqa yerining 74 foiziga haligaça ekin ekilmagani, çorvada imkoniyat katta bölgan Zarbdor, Qiziltepa va Pop tumanlarida silos ekiş boşlanmagani, Amudaryo, Ğijduvon, Xonqa va Bağdodda ham işlar qoniqarsiz ekani körsatib ötildi. Viloyat hokimlariga qoloqliklarni bartaraf etiş topşirildi. 

Yana 100 ming gektar ekin yerini yangi tizim asosida auksionga çiqariş belgilangan. Har bir kun ğanimatligi, bu yerlarni tez-tez auksionga çiqarib, ekin ekiş zarurligi qayd etildi.