Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida birinçi çorak körsatkiçlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qiliş va yilning qolgan davrida qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi boşlandi.

Unda ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qiliş örniga özini çetga olayotgani, muammo respublika darajasiga çiqsa, aybini berkitiş uçun özini oqlab yurgani tanqid qilindi. 

Masalan, Nurafşon şahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilişni boşlay olmagan tadbirkorga yordam beriş örniga qayerdan bu ma’lumot prezident darajasigaça yetib borganini qidiriş bilan ovora. 

Yoki Ğuzor, Narpay, Urganç, Yangiyöl, Çinoz tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uçun berilgan tayyor pulga haligaça loyiha boşlamagani körsatib ötildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxşilaş uçun uşbu tumanlarga bu yil respublikadan qöşimça 262 milliard söm berilgan. 

Tegişli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari «aravasini torta olmayotgan bölsa», bugunning özida lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirildi.

Ma’lumot uçun, Toşkent viloyati Nurafşon şahriga 2023 yil aprelidan buyon Ilhom Qiliçxonov rahbarlik qilib kelmoqda.

Şuningdek:

Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumaniga 2020 yil aprelidan buyon Bekzod Suyunov rahbarlik qilib kelmoqda;

Samarqand viloyati Narpay tumaniga 2025 yil noyabridan buyon Anvar Boliyev rahbarlik qilib kelmoqda;

Xorazm viloyati Urganç tumaniga 2023 yil aprelidan buyon Ğayratjon Sultonov rahbarlik qilib kelmoqda