Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Molxonada saqlangan ayol ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayolni molxonada saqlash, qiynoqqa solish va uning chaqalog‘ini olib qo‘yish bilan bog‘liq dahshatli voqea bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.
Photo: KUN.UZ
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi hukmi bilan 1981 yilda tug‘ilgan A.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25, 135 va 138-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Shu ish doirasida 1975 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1978 yilda tug‘ilgan K.Sh. va 1951 yilda tug‘ilgan Z.A. ham aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, M.Sh. va K.Sh.ga 9 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Z.A.ga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat 2025 yil sentabr oyida jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Uzun tumanida yashirin saqlangan ayol homilador holatida ushbu xonadonga olib kelingan, farzandini uy sharoitida dunyoga keltirgan va tug‘uruqdan so‘ng bolasi undan olib qo‘yilgan. Ayolning o‘zi esa molxonaga qamalgan, kaltaklangan va inson qadrini yerga uradigan sharoitlarda saqlangan.
Jabrlanuvchi ochlikdan o‘lmaslik uchun tarvuz po‘choqlari va mollarga tashlanadigan mahsulot qoldiqlarini yeb jon saqlagan. Kun.uz Uzun tumanida bo‘lib, guvohlar va voqea tafsilotlari asosida jurnalist surishtiruvi tayyorlagan edi.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
20:20 / 03.03.2026
Sovg‘a deb berishdi, keyin “to‘la” deyishdi - Qumqo‘rg‘ondagi tanish muammo
12:30 / 27.02.2026
Har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari” ishga tushiriladi
17:29 / 26.02.2026