Fermer xöjaligi ekin maydonlarini suğoriş jarayonida «S.G.F.» MÇJga tegişli suv nasosi va elektr hisoblagiçidan subiste’molçi sifatida foydalanib kelgan. Amaldagi tartiblarga köra, Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, subiste’molçilar elektr energiyasi uçun hisob-kitoblarni asosiy iste’molçi bilan kelişilgan holda umumiy hisoblagiç orqali amalga oşirişi lozim.
Biroq, Bandixon tumani elektr ta’minoti korxonasi mazkur talablarga rioya qilmagan holda tadbirkorning xabardorligisiz va asoslovçi hujjatlarsiz tizimda alohida şartnoma şakllantirgan. Buning oqibatida fermer xöjaligi hisobiga 84 454 kilovatt-soat elektr energiyasi uçun qariyb 126 million söm miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Biznes-ombudsman tomonidan mazkur holat yuzasidan örganiş işlari olib borilib, tegişli xulosa kiritildi. Natijada fermer xöjaligiga asossiz hisoblangan 126 million sömga yaqin qarzdorlik tizimdan çiqarildi va tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.







