Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olinmoqda
Foto: KUN.UZ
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘limida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Xorijiy sayyohlarning tashrifi uchun keng sharoitlar yaratish, ularning sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish hisobiga turizmni jadal rivojlantirish belgilab olinmoqda.
Buning uchun 2018 yil 10 fevralgacha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
- turizmni rivojlantirish uchun viza tartibini soddalashtirish;
- xalqaro aviaqatnovlarni ko‘paytirish, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish;
- turistik mahsulotlarni xarid qilish tizimi, jumladan, elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilish;
- sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish;
- O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga oid masalalar nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
23:09 / 28.04.2026