Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoni boshlanadigan muddat ma'lum qilindi
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoni mart oyi oxirida boshlanadi, deb ma'lum qildi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey.
13 mart kuni Brexit haqidagi qonun loyihasi Britaniya parlamentining lordlar palatasi tomondan ma'qullandi. Shu tariqa, qonun kuchga kirishi uchun uni qirolicha Yelizaveta II imzolashi kerak.
"Parlamentning ikkala palatasi tomondan ham qabul qilingan qonun loyihasi yaqin kunlarda qirolicha tomondan ma'qullanadi. Brexit jarayoni avval aytilgandek, mart oxirida boshlanadi", deb aytdi Mey.
Taxmin qilinishicha, Yevropa Ittifoqi bilan kelishuv detallari bo‘yicha muzokaralar 2 yil davom etadi. Shu tariqa Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini 2019 yil bahorida tark eta oladi.
Mavzuga oid
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
17:10 / 21.05.2026
AQShning Erondagi urushi Yevrozonada iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirmoqda
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026