OSON YuMoney bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzoladi

Foto: OSON
OSON elektron pul tizimining operatori YuMoney (oldingi Yandeks.Dengi) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzoladi va YuMoney elektron hamyonini OSON so‘m bilan to‘ldirish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ikkinchi shartnoma ham imzolanishga tayyorlanmoqda. Ayni paytda ushbu shartnoma bo‘yicha texnik integratsiya boshlangan uning yakunlanishi 2021 yil yanvar oyining oxiriga qadar kutilmoqda va keyinchalik YuMoney’dan OSON hamyoniga pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Ushbu hamkorlik tranzaksiyalar geografiyasini kengaytirib, chet elda bo‘lgan vatandoshlarimiz YuMoney’dan OSON hamyonini to‘ldirib, O‘zbekistonda yashovchi qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qilishlari va mahalliy xizmatlar uchun imtiyozli shartlarda to‘lashlari mumkin. Oxirgisi, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolangandan so‘ng pul o‘tkazmasi uchun foizlar kamayganligi bilan izohlanadi.
"Biz ushbu xizmatga qiziqishni YuMoney xizmatlaridan juda ko‘p foydalanadigan o‘zbekistonlik frilanserlarda ko‘rdik", deydi OSON asoschisi Farhod Mahmudov. Shuningdek, u ushbu loyiha uzoq vaqt oldin rejalashtirilganligini, ammo to‘lov tashkiloti litsenziyasini olgandan so‘ng amalga oshirilgani va bu YuMoney kabi fintex sohasidagi yirik tashkilot bilan hamkorlikka sharoit yaratganini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, OSON "elektron pul tizimi operatori" maqomini olgan O‘zbekistondagi birinchi to‘lov tashkiloti bo‘lib, mahalliy elektron pul OSON so‘mini joriy qilgan.
Kompaniya O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan loyihalarni WebMoney, QIWI, SberBank va MTS banklari bilan boshlashni rejalashtirmoqda, ularni amalga oshirish OSON foydalanuvchilari va hamkorlari uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Reklama huquqi asosida
So‘nggi yangiliklar
-
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
Jahon | 20:44
-
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
O‘zbekiston | 20:22
-
Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi
Fan-texnika | 20:20
-
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Jamiyat | 20:17
Mavzuga oid

17:33 / 05.09.2023
To‘lov tashkilotlariga transchegaraviy pul o‘tkazmalari va xalqaro to‘lovlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish taqiqlandi

16:30 / 13.04.2023
Biznes uchun o‘yin xizmatlari

12:00 / 19.01.2022
UZCARD kartasi egalari diqqatiga: OSON kartadan kartaga o‘tkazmalar uchun komissiya miqdorini 0,5 foizgacha kamaytirdi

14:00 / 17.06.2021