O‘zbekistondagi bir nechta to‘lov tizimlari 5 sentabrdan boshlab xalqaro to‘lovlar va transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha amaliyotlarni to‘xtatmoqda.

Bu – Markaziy bank tomonidan to‘lov tashkilotlariga transchegaraviy xalqaro tranzit operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlangani bilan bog‘liq.

Bu taqiq fonida, bir necha kun oldin Rossiyadagi ko‘plab vatandoshlar O‘zbekistonga pul yuborishda foydalanadigan “Oson” servisi regulyator tomonidan jarimaga tortilgan edi.

5 sentabr kuni Markaziy bank kiritilgan cheklov va jarima yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, “Brio Group” MChJ (Oson) to‘lov tashkiloti Ichki nazorat qoidalarining 31¹-bandi talablari, ya’ni oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralarni ko‘rmagan.

“Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslarga chet elda hisobvaraqlar ochish va undagi valuta mablag‘larini tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Biroq, amaliyotda “Brio Group” MChJ (Oson) to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali yuqoridagi qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan”, – deya qayd etgan Markaziy bank.

Ta’kidlanishicha, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga asosan, to‘lov tashkiloti – bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari Markaziy bank litsenziyasi asosida respublika hududida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega.

“Shu bilan birga, to‘lov xizmatlari – to‘lov yetkazib beruvchining (to‘lov tashkiloti) to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga (mijozga) ko‘rsatadigan xizmati bo‘lib, bunda to‘lov tashkilotlari bevosita tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida ishtirok etmaydi va to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarlarga yetkazib berish hamda ulardan qabul qilish xizmati ular uchun tashqi savdo operatsiyasi hisoblanmaydi.

Shu munosabat bilan, regulyator to‘lov tashkilotlari o‘z mijozlarining to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarga yetkazib berish amaliyotlarini tashqi savdo operatsiyasi sifatida tasniflab, qabul qilingan mablag‘larni boshqa valutalarga ayirboshlashlari, shuningdek, transchegaraviy va davlatlararo tranzit tashkiloti sifatidagi operatsiyalarda ishtirok etishlari qonunchilikka muvofiq emas”, –