08:05 / 11.10.2022
13009

Jinoyat kodeksiga uchta yangi holat bo‘yicha javobgarlik normasi kiritiladi

Foto: Kun.uz

“Madaniy boyliklar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, ular noqonuniy aylanmasini oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyiha bilan Jinoyat kodeksiga quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik kiritilmoqda:

  • moddiy madaniy boyliklarni O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tish; 
  • alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy ahamiyatiga ega bo‘lgan ashyolar va hujjatlarni talon-toroj qilish (usulidan qat’i nazar);
  • O‘zbekiston va xorijiy davlatlar xalqlari badiiy, tarixiy va arxeologik merosi ashyolarini O‘zbekiston hududiga qaytarmaslik.

Sohada huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida alohida qimmatga ega bo‘lgan ashyolarni talon-toroj qilganlik uchun alohida javobgarlik chorasini belgilash va ularni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda. Jinoyat kodeksi 169-1-modda bilan to‘ldirilib, ushbu jinoyat bo‘yicha sub’yekt yoshini 14 yosh etib belgilash taklif etilmoqda.

Top