
Xorazm viloyatida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani FVB rahbari 15-17 yoshlardagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgani ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirmoqda. Tahririyatda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mehribonlik uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilari uzoq vaqt (qariyb 1 yil) davomida tahdid ostida, ruhiy va jismoniy bosimlar bilan jinsiy aloqa qilishga majbur qilingan.
Quyida sud hukmi bilan sudlanuvchilarga tayinlangan Jinoyat kodeksining tegishli moddalarini tahlil qilib ko‘ramiz.
Sud tomonidan ikki mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi va Jinoyat kodeksining eski tahrirdagi 128-1-moddasida (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilishda aybli deb topilgan hamda ularning har biriga 1 yil 6 oydan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
2022 yil dekabr oyida ish apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan va birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan qaror o‘zgartirishsiz qoldirilgan.
Voqealarni tahlil qila turib sudlanuvchilar yengil jazo nazarda tutuvchi moddalar bilan aybdor deb topilgani hamda jazo tayinlanganini ko‘rish mumkin.
Voyaga yetmagan, himoyasiz, har tomonlama jinoyatchilarga to‘la qaram ojiz qizaloqlar muttasil jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.
Aslida bu kabi qilmish Jinoyat kodeksining 118-moddasining bir nechta qismi va bandlari bilan malakalanishi kerak edi.
E’tibor bering, ushbu modda qanday qilmish uchun jazoni nazarda tutadi:
Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish —
- ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;








