AQŞning Florida ştati Tampa şahrida yaşagan işbilarmon ayol Nensi Sauer ölimidan oldin (2022 yil noyabr oyida, 84 yoşida vafot etgan) 2,5 mln dollarga baholangan turar joyi va katta miqdordagi boyligini özining 7 ta fors muşuklariga meros qilib qoldirgan.
Vasiyatnomada Kleopatra, Oltin panja (Goldfinger), Leo, Midnight, Napaleon, Qorli koptokça (Snowball) hamda Squeaky (çiyillagan) laqabli muşuklar Nensining qarorgohida qolişi kerakligi, ularning ajralişi hayvonlarga nojöya ta’sir qilişi haqida yoziladi.
"Kelişuvga köra, muşuklar vafot etmagunça uy sotilmasligi kerak. (Nensi) Ularni juda yaxşi körar edi",— deydi Sauer xonimning yaqin dösti Yana Alban.
Nensi Sauer muşukçalarning oziqlanişi uçun ham katta miqdorda mablağ qoldirgan. Ammo uning miqdori aniq emas.


"Muşuklarni ovqatlantiriş, tibbiy köriklari, ularni parvarişlaşdagi boşqa xarajatlar uçun yetarliça mablağ qoldirilgan. Muşuklar endi 5 yoşga töldi, ular hali yoş.
Xillsboro okrugi sudyasi muşuklarni yaxşiroq parvarişlaş mumkin bölgan joyga köçiriş töğrisida qaror çiqargunça ular 6 oy davomida katta uyda yolğiz yaşaşgan.
Muşuklar bunday holatga taşlab qöyilmasligi kerak. Imkon qadar ular bilan köproq birga bölişga harakat qilamiz, ularga yaxşi joy topilişiga işonamiz", — degan Tampa şahrining Insonparvarlik jamiyati ijroçi direktori Şerry Silk.
Marhuma Nensi Sauer özining ğayrioddiy didi hamda "şopping"ga bölgan muhabbati bilan maşhur tadbirkor ayol hisoblangan. Yaqin dugonasining sözlariga köra, u muşuklarni sevgan.
AQŞda uy hayvonlariga katta miqdordagi mablağni vasiyat qilib qoldiriş yangilik bölmay qolgan. 2007 yilda Nyu-Yorkda yaşab ötgan zodagon ayol Leona Xelmsli ham itiga 12 million dollar meros qoldirgandi.












