Jinoyat kodeksiga seysmik xavfsizlik bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi
“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Jinoyat kodeksining 229-3-moddasiga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlikni keskin ravishda oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi 99-moddasiga (Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning buyurtmachiga qurilish-montaj ishlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish bo‘yicha beriladigan yozma ko‘rsatmalarini buyurtmachi tomonidan bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlikni joriy etish taklif etilmoqda.
Unga ko‘ra, bunday yozma ko‘rsatmalarni bajarmaslik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima jazosi nazarda tutilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik kodeksining 99-moddasining o‘ninchi qismi sanksiyasi kuchaytirilib, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilash taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi

14:03 / 11.12.2024
Ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

20:58 / 04.11.2024