Ma'lum qilinişiça, 2020 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar böyiça jami 1723 nafar, şundan 9 nafar respublika darajasidagi, 45 nafar viloyat darajasidagi, 1669 nafar tuman va şahar darajasidagi mansabdor şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan va korrupsiya oqibatida yetkazilgan 500 mlrd sömlik moddiy zararning 71 foizi yoki 355 mlrd sömi aybdorlardan tergov davomida undirilgan.
2020 yilda aniqlangan korrupsion jinoyatlar sodir etgan mansabdor şaxslarning eng katta qismini, ya'ni 835 nafar şaxs (48,5 foiz) JKning 167-moddasida körsatilgan jinoyatlarni sodir etgan şaxslar taşkil qilgan. Şuningdek, JKning 168-moddasi bilan 227 nafar şaxs, 184-moddasi bilan 207 nafar şaxs, 210-moddasi bilan 105 nafar şaxs, 205-moddasi bilan 58 nafar şaxs, 206-moddasi bilan 31 nafar şaxs, 207-moddasi bilan 25 nafar şaxs, 209-moddasi bilan 16 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2020 yil davomida mansabdor şaxslar faoliyat yuritgan davlat organlari va taşkilotlari kesimida ötkazilgan tahlil davomida aniqlanişiça, 249 nafar Xalq ta'limi vazirligi, 166 nafar Soğliqni saqlaş vazirligi 166 nafar, 78 nafar bank, 70 nafar Maktabgaça ta'lim vazirligi, 53 nafar Yergeodezkadastr qömitasi, 31 nafar Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, 31 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 18 nafar hokim örinbosarlari, 18 nafar Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, 13 nafar DSQ, 7 nafar Mudofaa vazirligi, 3 nafar sudya, 3 nafar Arxitektura qömitasi, 2 nafar Adliya vazirligi, 947 nafar boşqa vazirlik va idoralar mansabdor şaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar bilan javobgarlikka tortilgan.
2020 yil davomida jinoiy javobgarlikka tortilgan şaxslar faoliyat yuritgan hududlar kesimida tahlil qilinganida, Toşkent viloyatida 245 ta, Samarqand viloyatida 173 ta, Jizzax viloyatida 170 ta, Surxondaryo viloyatida 130 ta, Farğona viloyatida 152 ta, Namangan viloyatida 109 ta, Andijon viloyatida 100 ta, Qaşqadaryo viloyatida 95 ta, Sirdaryo viloyatida 85 ta, Xorazm viloyatida 79 ta, Toşkent şahrida 78 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 78 ta, Navoiy viloyatida 51 ta, Buxoro viloyatida 19 ta mansabdorlik jinoyatlari qayd etilgan.
2021 yilning 6 oyi mobaynida 2544 nafar mansabdor şaxsga nisbatan korrupsiya holatlari bilan boğliq bölgan 1676 ta jinoyat işlari tergov qilinib, sudlarga yuborilgan.
2021 yilning 6 oyi davomida aniqlangan korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdor şaxslarning eng katta qismini (1297 nafar şaxs – 51 foiz) JKning 167-moddasida körsatilgan jinoyatlarni sodir etgan şaxslar taşkil qilgan. Şuningdek, JKning 168-moddasi bilan 420 nafar, 210-moddasi bilan 80 nafar, 205-moddasi bilan 58 nafar, 206-moddasi bilan 4 nafar, 209-moddasi bilan 18 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.












