Sport | 09:34 / 08.01.2017
4758
2 daqiqa o‘qiladi

«Sevilya» «Real Sosedad»ni yirik hisobda yengib, turnir jadvalida «Barselona»ni quvib o‘tdi

«Sevilya» Ispaniya chempionatining 17-turida «Real Sosedad» bilan o‘ynadi. San-Sebastyandagi «Anoeta» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 25-daqiqasida Vissam Ben-Yyedder hisobni ochdi. 4 daqiqa o‘tib u jamoasining hisobdagi ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Pablo Sarabiya «Sevilya» uchun yana bir gol urdi. O‘yindagi oxirgi gol 83-daqiqada Ben Yyedder hisobiga yozildi - 4:0.

«Sevilya»ning ochkolari endilikda 36taga yetdi va bu jamoa turnir jadvalida hozircha «Barselona»ni (34 ochko) quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa joylashdi. Kataloniyaliklar tur uchrashuvini bugun «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi. Turnir jadvalida birinchi o‘rinni «Real» 40 ochko bilan egallab turibdi, bu jamoa bitta zaxira o‘yiniga ega. «Real Sosedad» esa 29 ochko bilan oltinchi o‘rinda qolmoqda. 

Real Sosedad – Sevilya 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 25 Ben-Yyedder, 0:2 – 29 Ben-Yyedder, 0:3 – 73 Sarabiya, 0:4 – 83 Ben-Yyedder.
Real Sosedad – Ruli, Gonsales (Elustondo, 46), Berchiche, Saldua, Martines, Granero (Kanales, 57), Ilyarramendi, Vela (Xuanmi, 57), Priyeto, Oyarsabal, Villian Joze.
Sevilya – Riko, Parexa, Rami, Eskudero, Merkado, Nzonzi, Vitolo (Kranevitter, 79), Vaskes (Sarabiya, 69), Nasri, Mariano, Ben-Yyedder (Korrea, 90).

8 yanvar
Atletik – Alaves
Betis – Leganes
Selta – Malaga
Vilyarreal – Barselona

9 yanvar
Osasuna – Valensiya

Mavzuga oid