Sport | 17:27 / 17.03.2023
24776
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasi chorakfinali uchun qur’a tashlandi

«Manchester Yunayted» «Sevilya» to‘sig‘idan o‘tgan taqdirda ham final uchun «Yuventus» - «Sporting» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynashi kerak bo‘ladi.

Yevropa Ligasining 2022/23 yillar mavsumining 1/4 final juftliklari ham ma’lum bo‘ldi.

  • «Manchester Yunayted» — «Sevilya»
  • «Yuventus» — «Sporting»
  • «Bayyer» — «Yunion»
  • «Feyyenoord» — «Roma»

1/2 finalda quyidagi jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi: «Yuventus» — «Sporting» juftligi g‘olibi «Manchester Yunayted» — «Sevilya» juftligi g‘olibi bilan, «Feyyenoord» — «Roma» juftligi g‘olibi esa «Bayyer» — «Yunion» juftligi g‘olibi bilan.

1/4 finalning ilk o‘yinlari 13 aprel kuni o‘tkaziladi, javob uchrashuvlari — 20 aprelga belgilangan.

Yarimfinallar 11 may kuni, javob o‘yinlari 18 may kuni bo‘lib o‘tadi. Final 31 may kuni Budapeshtdagi «Pushka Arena» stadionida bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid