Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Olimpiada oldidan josuslik shifrlarini translyatsiya qilishda gumon qilinmoqda
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya radiosi efirida josuslik shifrlarini yodga soluvchi sirli xabarlar jarangladi. Daily Star Online'da ta'kidlanishicha, bunday xabarlarning so‘nggisi bevosita Pxyonchxan (Janubiy Koreya)dagi Olimpiya o‘yinlari oldidan paydo bo‘lgan.
Xabarlar raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ularda go‘yoki himoya ostida ishlovchi KXDR agentlari uchun ma'lumotlar shifrlangan. Ularni uzatish uchun raqamli radiostansiyalardan foydalaniladi — biror mamlakat yoki tashkilotga tegishliligi ishonchli o‘rnatilmagan qisqa to‘lqinli radiostansiyalar.
Nashr e'tibor qaratgan xabarlar taxminan KXDR hududida joylashgan va "Pxenyan radiosi" nomi bilan ham tanilgan V15 radiostansiyasi efirida chiqqan.
2016 yilning iyulida ham shunga o‘xshash xabarlar qayd etilgan edi. Seulda sirli shifrlarni uzatish aksiyasini psixologik hujum sifatida baholashdi - Pxenyan go‘yoki bu xabarlar orqali Janubiy Koreyani qo‘rqitib, mahalliy hukumatni KXDR agentlari sonini tekshirishga majbur qilmoqchi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025