Seul markaziy okrug sudi Yunni prezident qöriqlaş xizmatini işga solib, harbiy holat e’lon qilinişi holatlari böyiça tergov doirasida sud tomonidan qonuniy berilgan hibsga oliş orderining ijro etilişiga tösqinlik qilganlikda aybdor deb topdi.

Televizor orqali jonli namoyiş etilgan sud majlisi davomida sud sobiq prezidentni, şuningdek, rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş va harbiy holat joriy qiliş uçun qonun talab qiladigan majburiy tartib-taomillarga rioya qilmaslikda ham aybdor deb topdi.

Bu — Yunga nisbatan harbiy holat joriy etişga omadsiz urinişi munosabati bilan qözğatilgan sakkizta jinoyat işi böyiça çiqarilgan ilk sud qaroridir. Raislik qiluvçi sudyaga köra, ayblanuvçi prezident lavozimini suiiste’mol qilgan va qonuniy sud qarorlarining ijro etilişiga yöl qöymaslikka uringan.

“Ayblanuvçi prezident sifatidagi ulkan ta’sirini suiiste’mol qilib, xavfsizlik xizmati xodimlari orqali qonuniy orderlarning ijro etilişiga tösqinlik qildi, amalda Koreya Respublikasiga sadoqatli davlat xizmatçilarini xavfsizligi va manfaati uçun göyo ‘şaxsiylaştirib’ oldi”, — dedi sudya.

Sud hukmi e’lon qilinganidan söng darhol sud binosi oldida çiqiş qilgan advokat Yu Jon Xva himoya tomoni apellyatsiya beriş niyatida ekanini bildirdi. Uning aytişiça, sud qarori “siyosiylaştirilgan tarzda” qabul qilingan.

Alohida bir sud jarayonida Yunga harbiy holat yetarli asoslarsiz e’lon qilingani bilan boğliq isyon taşkil qiliş ayblovi qöyilişi mumkin, bu böyiça unga hatto ölim jazosi tahdid qilişi ehtimoli bor. Yunning özi esa prezident vakolatlari doirasida harakat qilganini va muxolifat partiyalari hukumat işini tösib qöyayotganiga e’tibor qaratişni közlaganini aytadi.

Yun sud hukmi çiqarilgan ayblovlarni rad etdi. Tergov versiyasiga köra, ötgan yilning yanvar oyida u öz rezidensiyasida bekinib olgan va xavfsizlik xizmatiga tergovçilarni kiritmaslikni buyurgan. Şu bois unga 10 yilgaça qamoq jazosi tahdid qilgan.

Oqibatda u ikkinçi urinişda, 3000 dan ortiq politsiyaçi iştirokida uşlangan. Bu Janubiy Koreya tarixida amaldagi prezidentning hibsga olinişi böyiça ilk holat bölgan.

Mamlakat parlamenti, Yunning konservativ partiyasidan bölgan ayrim deputatlar qöllab-quvvatlagan holda, uning harbiy holat haqidagi farmonini bir neça soat içida bekor qildi, keyin esa unga impiçment e’lon qilib, vaqtinça hokimiyatdan çetlatdi.