Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasalari haftalik o‘quv kunlarini mustaqil belgilaydi
Hukumat qarori bilan endi Oliy ta'lim muassasalari haftalik o‘quv kunlarini, ya'ni 5 yoki 6 kunlik o‘quv haftasi davomiyligini mustaqil belgilaydi.
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
“Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (824-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi.
2021 yil 1 yanvardan:
- OTM huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
- Ta'lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
- OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qarorga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi. Oliy ta'lim muassasasi kengashi qarori asosida:
- Professor-o‘qituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;
- O‘qituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o‘qishi mumkin.
Mavzuga oid
22:30 / 20.08.2025
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
18:15 / 20.08.2025
1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi
21:27 / 19.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi
13:58 / 18.08.2025