Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmutda halok bo‘lgan askarlar va yerto‘lada yashayotgan odamlar. Urush suratlari
Urushning 284-kuni. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuchlari «Gruzin legioni»ning olti nafar harbiysi Baxmut uchun janglar vaqtida halok bo‘ldi. Baxmut yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlari rossiyalik harbiylar hujumini qaytarmoqda, bu yo‘nalishda asosan «Vagner» jangchilari harakatlanmoqda;
- Amerika razvedkasi hisoblashicha, Rossiya o‘q-dorilarini ishlab chiqarilayotganidan tezroq sarflamoqda;
- AQSh razvedkasi Ukrainada harbiy harakatlar sur’ati pasayishini kutmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti esa aksincha, qish kelishi bilan Ukraina sharqida yurish amaliyotlari kuchayishini prognoz qilmoqda;
- Dneprning chap sohiliga ham Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqdagi video Ukraina qurolli kuchlarining «Karlson» nomli maxsus bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan;
- Kursk va Belgorod oblastlari gubernatorlari chegaradagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Regionlar rahbarlarining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan;
- Ukraina qurolli kuchlari Ukraina pravoslav cherkovining Rossiya tajovuzini qo‘llab-quvvatlagan vakillariga sanksiya qo‘lladi.
Quyida 4 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kun kadri. Baxmutda halok bo‘lgan ukrain askarlari
Harbiy shifokorlar Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofidagi janglarda halok bo‘lgan ikki ukrain jangchisi jasadini frontdagi dala hospitaliga o‘tkazishga tayyorlamoqda. Asosan «Vagner» guruhi yollanma jangchilaridan iborat Rossiya qo‘shini shaharga yurish qilishda davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lmoqda va rossiyaliklar katta yo‘qotishlarga uchramoqda. Bundan tashqari, RBK Ukraina nashri Bosh shtab va Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish institutiga asoslanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, Baxmut hududida rossiyalik harbiylar Ukraina tomonida turib jang qilgan olti nafar gruzin harbiysini o‘ldirishgan.
Baxmutliklarning yerto‘ladagi hayoti
Baxmut atrofidagi posyolkalardan birida yong‘in
Ivanovskoye posyolkasidagi uylardan birida yashovchilarning ehtiyotsizligi tufayli yong‘in chiqqan.
Ozod etilgan Xerson manzaralari
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi cherkovda chiroq yorug‘idagi ibodat
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
19:12
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
13:40
Ukraina Bosh prokuraturasi Leonid Volkovga nisbatan ish ochdi
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
12:10 / 15.01.2026