Rossiyaning Sota naşri avvalroq xabar berişiça, muxolifatçiga nisbatan iş Rossiyaning qurolli tajovuzini “oqlaş” moddasi bilan (Ukraina Jinoyat kodeksi 436-2-moddasi 3-qismi) qözğatilgan. Naşr, da’vo qilinişiça, “Ukraina Boş prokurorligi ofisining arizaçilardan biriga javobi” skrinşotini e’lon qildi. Hujjat 13 yanvar sanasi bilan rasmiylaştirilgan, biroq unda Volkovning ismi tilga olinmaydi.
Rossiyalik muxolifatçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqida Ukrainadagi “Glavkom” naşri ham Sudgaça tergovlar yagona reyestri ma’lumotlariga tayanib xabar bergan. U yerda iş harbiylarning şa’ni va qadr-qimmatini haqorat qiliş moddasi bilan ham (Ukraina Jinoyat kodeksi 435-1-moddasi) oçilgani aytilgan. Qaror “Xalq xizmatkori” partiyasidan Oliy Rada deputati Olga Vasilevskaya-Smaglyuk murojaatidan söng qabul qilingani qayd etilgan.
Iş qözğatilişiga sabab 5 yanvar kuni KQJning sobiq xodimi Anna Tiron tomonidan e’lon qilingan ma’lumot bölgan. U hozir Ukraina tomonida jang qilayotgan “Rus köngillilar korpusi” (RKK)da işlaydi. Tiron Facebook’da Leonid Volkov unga avvalroq yuborgan şaxsiy xabarni joylaştirgan: bu xabar RKK asosçisi, öta öng qaraşlarga ega Denis Kapustinning ölimi haqidagi xabardan keyin yöllangan bölib, öşa paytda uning “ölimi sahnalaştirilgani” hali ma’lum emas edi.
Bu xabarda muxolifatçi, jumladan, Kapustinning ölimini ma’qullagan, RKKni “soxta ‘korpus’” deb atagan va u “qişloqça, pastkaş siyosiy texnolog (ilgari — Ukraina razvedkasi rahbari, hozir — Ukraina prezidenti ofisi rahbari) Budanovning şubhali işlarni hal qilganini” yozgan. Volkov, şuningdek: “Umid qilaman, Kapustindan keyin uning şeriklari ham ketadi. Yermak qamaladi, Podolyak qamaladi, Budanov qamaladi va boşqa barça propagandaçi, ikkiyuzlamaçi öğri-talonçilar ham”, — deb yozgan.
Keyinroq muxolifatçi öz matnini “hissiyotga berilgan va keskin” deb atagan hamda uni “yozmaslik kerak edi” degan. Şu bilan birga, u “neonatsistlarga yomon qaraşi”ni ta’kidlagan. Hozir Litvada yaşayotgan Volkovning sözlarini tekşiriş bilan, migratsiya xizmati murojaatidan keyin, uşbu mamlakat Davlat xavfsizligi departamenti şuğullanmoqda. Hokimiyat uning bayonotlari Litva xavfsizligiga tahdid soladimi-yöqmi — şuni aniqlamoqçi.













