2019 yilda Toshkent metropolitenining nechta yangi bekati ishga tushishi ma'lum bo‘ldi

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov joriy yilda Toshkent metropolitenining 14ta yangi bekati foydalanishga topshirilishini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati ishga tushadi. Shuningdek, yerusti Yashnobod metro yo‘nalishi ham foydalanishga topshiriladi. Bu yo‘nalishda 12ta bekat ishga tushadi», — deydi hokim o‘rinbosari.
Toshkent shahrida metropolitenga bog‘liq uchta loyiha amalga oshirilmoqda — Sergeli, Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish hamda metro xalqa yo‘lini barpo etish ishlari. 2017 yili hukumat metropolitenning Yunusobod yo‘nalishida yakunlanmay qolgan ishlarni tugatishga qaror qildi. Ushbu yo‘nalishda qurilishi nazarda tutilgan liniyaning uzunligi 2,9 kmni tashkil etadi.
Bundan tashqari, umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil etuvchi yerusti metro xalqa yo‘li (MXY) ham qurilmoqda. MXYda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 60 km/s, umumiy liniyani bosib o‘tish uchun 1 soat-u 10 daqiqa talab etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

10:00 / 20.04.2021
«Toshkent metrosida yo‘lovchilar xavfsizligi 100 foiz ta'minlanadi» – metropoliten rahbari

20:21 / 16.04.2021
«Biz bilgandik shunaqa bo‘lishini» - Toshkent metropoliteni rahbari Sergeli yo‘nalishidagi nosozlik haqida

20:57 / 09.04.2021
Toshkent metrosida ikki poyezd to‘qnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi

14:55 / 08.04.2021