«Özbekiston temir yöllari» kompaniyasi axborot-tahliliy media markazi Toşkent metropolitenining Sergeli yönalişi faoliyati töxtab qolganiga izoh berdi.

«Bugun, taxminan soat 10:45da Toşkent metropolitenining Sergeli yönalişi texnik sabablarga köra töxtatildi. Barça yölovçilar evakuatsiya qilindi. Sergeli metro yönalişi böylab bepul avtobuslar harakati taşkil etilmoqda. Ayni vaqtda «Toşkent metropoliteni» UK rahbariyati voqea joyida vaziyatning sabablarini aniqlamoqda. Bular haqida batafsil xabar beramiz», deyiladi izohda.

«Toşşahartransxizmat» ham hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

«2021 yil 8 aprel kuni Toşkent metropolitenining Çilonzor yönalişi Sergeli qismida texnik nosozlik kelib çiqqanligi tufayli metropoliten harakati vaqtinçalik töxtatilganligi munosabati bilan, metropolitenning «Olmazor» bekatidan «Qipçoq» bekatigaça bölgan oraliqda vaqtinçalik avtobus yönalişi harakati yölga qöyildi. Uşbu yönalişda 4, 7, va 12-avtobus saroylari tomonidan vaqtinçalik avtobuslar xizmat körsatmoqda.

Mazkur vaqtinçalik taşkil etilgan yönalişdan yölovçilarimiz bepul foydalanişlari mumkin böladi. Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.

Sergeli yönalişi 2020 yil dekabrida işga tuşirilgandi.

Bu yönalişning işga tuşişi yölovçilarga katta qulaylik tuğdirdi, avtomobil yöllariga bölgan bosim kamaydi.

Loyihaning umumiy qiymati qariyb 83 million dollarni taşkil etib, bu yönaliş «Özbekiston temir yöllari» AJ tomonidan, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida barpo qilingandi.