Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Olimpiadaning eng g‘amgin chempioni
Daily Mail nashri Rio-de-Janeyroda Olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritgan shimoliy koreyalik gimnast Li Segvanning taqdirlash marosimi vaqtidagi yuz ifodasiga e'tibor qaratdi. U boshqa chempionlardan farqli ravishda quvonchini namoyon etmagan va hissiyotlarini tiyib, ko‘zidan bir tomchi yosh chiqarmagan.

Li Segvan sport gimnastikasining tayanib sakrash bo‘yicha musobaqasida g‘olib bo‘lib, oltin medal oldi. Musobaqada unga raqiblik qilib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan rossiyalik Denis Ablyazin va yaponiyalik Kenzi Shirak xursand holatda suratlarga tushishdi.
Li nashrlarga bergan intervyusida degan: «Men quvonch bilan limmo-limman. Chunki bilamanki, g‘alabam davlatimiz rahbarini xursand qiladi».

Daily Mail nashridagilarning hisoblashicha, Li Segvan Pxenyanga yana qaytishini o‘ylab, ma'yus qiyofada edi.

Nashrning yozishicha, shimoliy koreyalik sportchilarni Olimpiada davomida maxsus biriktirilgan shaxslar qat'iy nazorat qilib bormoqda. Ulardan Olimpiadaning rasmiy homiysi bo‘lmish Samsung kompaniyasi tomonidan berilgan telefonlar sportchilar bu telefonlar vositasida «boshqa davlatlarning vakillari bilan bog‘lanmasligi»ni ta'minlash maqsadida olib qo‘yilgan.

Qayd etish kerakki, Li Segvan o‘zi g‘olib bo‘lgani haqida e'lon qilingach, bir lahzaga yanglishib, KXDR bayrog‘ini chappasiga tutgandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026