Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
KXDR rahbari Kim Chen In mamlakatdagi eng oliy davlat lavozimi - Davlat ishlari raisi etib yana qayta saylandi. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi (MTA) xabar berdi.
Foto: REUTERS
Qaror KXDR Oliy xalq majlisining 15-chaqiriq birinchi sessiyasida qabul qilindi.
Xabarda shunday deyiladi: «Kim Chen In — bu dunyodagi eng buyuk mutafakkir-nazariyotchi, davlat qurilishidagi buyuk strateg va yaratish hamda o‘zgarishlarning ulkan arbobi sifatida davlatimiz eng yuqori lavozimiga ko‘rsatilgani natijasida Respublika hokimiyatini yanada mustahkamlash, uni qudratli siyosiy qurolga aylantirish hamda buyuk orzu va maqsadlarni ertaroq amalga oshirish uchun yorqin istiqbollar ochildi».
Fevral oyi oxirida Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining bosh kotibi lavozimiga ham qayta saylangan edi.
Kim Chen In — 1948 yildan buyon KXDRni boshqarayotgan Kimlar sulolasining uchinchi vakili hisoblanadi. 2011 yil dekabrida otasi vafot etgach, u mamlakatning oliy rahbari deb e’lon qilingan.
2012 yilda u partiyaning birinchi kotibi va Davlat mudofaa qo‘mitasi raisi lavozimlarini egalladi.
2016 yilda bu lavozim bekor qilinib, uning o‘rniga Davlat ishlari raisi lavozimi joriy etildi. Shu yili u partiya raisi unvonini ham oldi, 2021 yilda esa bosh kotibga aylandi. Shuningdek, u Koreya xalq armiyasining oliy bosh qo‘mondoni ham hisoblanadi.
2022 yildan boshlab, uning qizi Kim Chju E otasi bilan rasmiy safarlarda muntazam qatnashmoqda. Janubiy Koreya rasmiylariga tayanib xabar berilganidek, u ehtimoliy voris sifatida tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:37 / 19.03.2026
Rossiya KXDRdan 14,4 mlrd dollarlik harbiy yordam oldi
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026