Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha hisobot shakllari o‘zgardi
Foto: Pixabay
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning4.3-bandi 010-satrining «Ko‘rsatkichlar» ustunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida ko‘rsatilgan» degan so‘zlar chiqarib tashlandi. Ushbu satrda JShDSning eng kam stavkasi bo‘yicha soliq solinadigan daromadlar ko‘rsatiladi. Biroq, Soliq kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan daromadlardan tashqari, quyidagi daromadlarga ham 7,5%lik eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadi:
• kasanachilarning (24.05.2017 yildagi PQ–2996-son qarorning 3-bandi);
• Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi (30.06.2017 yildagi PF–5099-son Farmonning 8-bandi).
To‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari to‘g‘risida ma'lumotnomada (I bo‘lim 5-bandi) dividendlar tarzida olingan va dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar aks ettiriladigan satrga «2018 yil 1 apreligacha» so‘zlari qo‘shimcha qilindi. Shuningdek mazkur aniqlashtirish bilan ilovaga qo‘shimcha havolalar kiritildi. Jismoniy shaxslarning bunday daromadlarini soliq solishdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz 2018 yil 1 aprelgacha amal qilganligi munosabati bilan ushbu qo‘shimcha kiritildi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada ham dividendlar bo‘yicha imtiyozlar bekor qilingani aks ettirildi – II bo‘limi 12-bandining «d» kichik bandi «2018 yil 1 apreligacha» so‘zlari bilan to‘ldirildi.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
10:03 / 13.11.2025
2025 yil III choragi: ishsizlar ulushi 4,9 foiz
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
15:05 / 07.03.2025