Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keksalar muammolari bilan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari shug‘ullanadi
Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 326-son qarori qabul qilindi.
Foto: KUN.UZ
Norma’ning yozishicha, prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son farmonida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish, muammolarni monitoring va tahlil qilish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar va boshqalarga taalluqli muammolar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ularning asosiy vazifalari hisoblanadi;
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari o‘rinbosarlari Nuroniylar jamoatchilik kengashlari raislari tomonidan tayinlanadi;
Nuroniylar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Hujjat 25.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026