Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada blekaut yuz berdi
Blekaut Praganing katta qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, poytaxtda metro harakati to‘xtab qoldi, yuzlab odamlar liftlar ichida qolib ketdi.
Foto: REUTERS
Chexiyada elektr energiyasi ta’minotida keng ko‘lamli uzilish sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Novinky.cz.
Blekaut Praganing katta qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada metro harakati butunlay, shuningdek, tramvay va trolleybus tarmoqlari qisman to‘xtab qoldi.
Yuzlab odamlar liftlar ichida qolib ketgani aytilmoqda. Bundan tashqari, ko‘plab bankomatlar ishlashdan to‘xtagan. Blekaut Praga aeroportiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Elektr energiyasi ta’minotining uzilishi Chexiyaning boshqa hududlarida, masalan, Mlada-Boleslav, Usti nad Labem, Gradeskralove shaharlarida ham kuzatildi.
Blekautga energotizimdagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan, hozirda vaziyat o‘rganilmoqda.
May oyida Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minotida keng ko‘lamli uzilishlar kuzatilgandi. O‘shanda ayrim mintaqalar besh soatgacha svetsiz qolgan edi.
Mavzuga oid
10:24 / 07.01.2026
Germaniya Bosh prokuraturasi Berlindagi IEMga qilingan hujumni tergov qilmoqda
11:33 / 06.01.2026
Berlin blekauti: hokimiyat kabel yoqib yuborilishini “so‘l terrorizm” deb atadi
09:31 / 03.01.2026
Chexiyada Ukraina masalasi sabab parlament spikerini ishdan olish talab qilindi
13:28 / 16.12.2025