Germaniya federal adliya vaziri Ştefani Xubig Berlinda elektr uzatiş liniyalariga öt qöyilgani böyiça tergov boşlanganini e’lon qildi. Xubigning aytişiça, Teltov kanali ustidagi kabelda, Berlindagi Lixterfelde issiqlik-elektr markazi (IEM) yaqinida sodir etilgan öt qöyiş hodisasi terroristik zaminga ega bölişi ehtimoli yuqori. Bu haqda u 7 yanvar, çorşanba kuni e’lon qilingan Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida bildirgan.

“Uşbu hujum bir neça ön ming odam uçun jiddiy oqibatlarga olib keldi, — dedi vazir. — Şuning uçun huquqiy davlat jinoyatçilarni topiş, ularni javobgarlikka tortiş uçun mavjud barça vositalarni munosib qat’iyat bilan işga solişi kerak, va u (huquqiy davlat — tahr.) buni qiladi”. Şu sababdan tergovni Boş prokuratura yurituviga ötkaziş töliq mantiqiy, dedi Xubig. Bungaça tergovni Berlin prokuraturasi olib borgan.

3 yanvar kuni noma’lum şaxslar Teltov kanali ustidagi kabelda — gaz bilan işlaydigan Lixterfelde IEM yaqinida öt qöyiş harakatini amalga oşirgan. Natijada Berlinda minglab xonadonlar va yuzlab korxonalar elektr ta’minotisiz qolgan. Şaharning boş burgomistri (mer) Kay Vegner baholaşiça, elektr uzilişlari Germaniya poytaxtining taxminan 100 000 aholisini qamrab olgan.

Muhim infratuzilmaga qilingan hujum uçun javobgarlikni Vulkan nomli söl radikal ekstremist guruhi vakillari öz zimmasiga olgan. Ular IEMga qilingan hujumning maqsadi “qazilma yonilği energetikasining özi” ekanini bildirgan.