23:27 / 22.05.2023
31170

Samarqandda maktab o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib ketdi

15 yoshli bola otasining mashinasi bilan tezlikni me’yordan oshirgan holda harakatlangan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Hodisa 2023 yil 16 may kuni soat 21:30 larda Samarqand shahar I.Holdun ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Samarqand shahrida yashovchi 15 yoshli o‘smir otasiga tegishli bo‘lgan mashinani boshqarib, tezlikni me’yordan oshirgan va yo‘lni kesib o‘tayotgan 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda o‘smir odam urib yuborgandan so‘ng to‘xtamasdan harakatlanishda davom etganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top