2025 yil 27 dekabr kuni “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş töğrisida”gi prezident qarori (PQ–392-son) qabul qilindi.

Qarorga köra, Samarqand viloyatida drayver loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişni nazarda tutuvçi manzilli dastur tasdiqlandi. Unda, xususan, transport infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega hamda içki xöjaliklararo 298 km avtomobil yöllari, şuningdek 15 ta yöl ötkazgiçni quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş işlari belgilangan.

Elektr ta’minoti tizimini takomillaştiriş doirasida 14 ta tuman (şahar)da 1 ta podstansiyani ta’mirlaş, 70 ta transformator punktini örnatiş, 137 km elektr tarmoqlarini yangilaş rejalaştirilgan.

Içimlik suvi va oqova suv tizimini yaxşilaş maqsadida esa 14 ta tumanda 90 ta suv inşooti, 242 km suv tarmoğini quriş va ta’mirlaş nazarda tutilgan.

Qarorga asosan, 2026 yil 1 iyuldan Samarqand viloyatida qator yangi mexanizmlar joriy etiladi. Jumladan, qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan tölanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq tuşumlari töliq tuman (şahar) suv korxonalari ixtiyoriga ötkaziladi. Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni kengaytiriş maqsadida talabgorlarga paxta maydonlarida joriy etilgan tomçilatib suğoriş tizimlari uçun belgilangan tartibda har bir gektariga 12 mln sömdan subsidiya ajratiladi.

Şu bilan birga, 2026 yil 1 yanvardan viloyatdagi quriliş, ta’mirlaş va modernizatsiya qiliş loyihalari qat’iy ravişda “yaşil” tamoyillar hamda energiya samaradorligi böyiça minimal talablar asosida amalga oşirilişi belgilandi.

Ta’lim sohasida ham yangi taşabbuslar közda tutilgan. Xususan, 2026-2027 öquv yilidan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda muhandislik yönalişlari böyiça fakultet taşkil etiş çoralari köriladi.