Jahon | 22:04 / 31.05.2026
7844
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Myanma shimoli-sharqidagi binoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq kishi yaralangan. Portlash yaqin atrofdagi 100 dan ortiq uylarga ham zarar yetkazgan.

Foto: Videodan kadr

Portlash 31 may kuni Namxkam okrugidagi Kaungtup qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilarning fikricha, binoda konchilik ishlarida foydalaniladigan portlovchi moddalar saqlangan bo‘lishi mumkin.

Portlash oqibatida 46 kishi, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘lgan, 74 kishi shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi Associated Press va The Washington Post qutqaruvchilarga asoslanib.

Yana bir qutqaruvchining ma’lumot berishicha, yaqin atrofdagi 100 dan ziyod uylarga ham zarar yetgan.

Hodisa sodir bo‘lgan hudud Xitoy chegarasidan 3 km janubda joylashgan bo‘lib, u Taang milliy ozodlik armiyasi (TNLA) nazorati ostida.  

TNLA bayonotiga ko‘ra, portlashga konchilik ishlari uchun mo‘ljallangan gelignit moddasi sabab bo‘lgan. 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid