Mazkur suriştiruv e’lon qilinganidan söng holat jamoatçilik va mutasaddi idoralar darajasida ham muhokama qilina boşlandi. Xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Botirali Şodiyev tomonidan Toğ-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islamovga deputatlik sörovi yuborildi.

Deputatga köra, uşbu muammo bir kunlik yoki tasodifiy holat emas. Uning qayd etişiça, avvalgi yillarda ham kon portlatiş işlari belgilangan texnik talab va xavfsizlik qoidalariga töliq rioya etilmagan holda amalga oşirilgani haqida aholi tomonidan bir neça bor e’tirozlar bildirib kelingan. Bu esa muammo tizimli xususiyatga ega ekanini körsatadi.

Deputatlik sörovida Oqböyra hududida kon portlatiş işlari qanday huquqiy asos va nazorat mexanizmlari doirasida amalga oşirilgani, amaldagi texnik reglament hamda xavfsizlik qoidalariga qay darajada rioya etilgani yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot beriş söralgan.

Şuningdek, portlatiş işlari natijasida fuqarolarning uy-joylari va mol-mulkiga yetkazilgan zararni aniqlaş hamda qoplaş böyiça körilayotgan çoralar, şuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini oliş uçun qanday tizimli işlar amalga oşirilayotgani haqida ham rasmiy izoh talab qilingan.