Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? S&P prognozi
So‘mning dollarga nisbatan kursini taxmin qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. S&P xalqaro reyting agentligi kutilmalariga ko‘ra, bir yildan keyin, ya’ni 2026 yil oxirida 1 AQSh dollari 12 592 so‘mga yetishi mumkin. 2028 yil oxirida esa kurs 13 751 so‘m bo‘lishi prognoz qilinyapti.
Foto: REUTERS/Dado Ruvic
O‘zbekiston Markaziy banki 24 noyabr kungi savdolar uchun 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursini 11 971 so‘m etib belgiladi. Yil boshidan buyon so‘mning Amerika valutasiga nisbatan mustahkamlanishi 7,7 foizni tashkil etyapti.
S&P xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- 2026 yilning oxirida – 12 592 so‘m;
- 2027 yilning oxirida – 13 158 so‘m;
- 2028 yilning oxirida – 13 751 so‘m.
So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
22:27 / 30.03.2026
Mart oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
08:35 / 22.03.2026
Eron urush va iqtisodiy inqiroz fonida rekord qiymatdagi banknotni muomalaga chiqardi
08:04 / 19.03.2026