Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valuta operatsiyalari bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda valuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari va banklar faoliyatiga oid qator yangi normalar nazarda tutilgan.
Foto: Kun.uz
Loyihaga ko‘ra, qator bandlardagi “tijorat banklari” atamasi “banklar” atamasi bilan almashtirilishi taklif etilmoqda. Shuningdek, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nosavdo tusdagi pul o‘tkazmalariga aniqlik kiritilmoqda.
Yangi tartibga muvofiq, banklar va Markaziy bank o‘rtasida, shuningdek mijozlar bilan valutaviy svop va derivativ operatsiyalarini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkoniyati belgilanmoqda.
Bundan tashqari, banklarning valuta operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarini Markaziy bankning maxsus axborot tizimiga kiritish tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Loyihada chet ellik investorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan. Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash va mablag‘larni repatriatsiya qilish uchun chet el valutasini sotib olish tartibi aniqlashtirilmoqda.
Shuningdek, norezident jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda mablag‘larning qonuniy manbalari tasdiqlanishi talab etilishi belgilanmoqda.
Hujjatda naqd chet el valutasi bilan operatsiyalar, banknotalarni qabul qilish va qayta muomalaga chiqarishga oid talablar ham qayta ko‘rib chiqilgan.
Mazkur o‘zgartishlar valuta operatsiyalarini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, moliyaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:31 / 17.03.2026
O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari. Oxirgi yillarda dinamika qanday o‘zgardi?
21:44 / 06.03.2026
Budapeshtda avtomobillarda o‘nlab million valuta va oltin olib ketayotgan Ukraina banki xodimlari qo‘lga olindi
20:07 / 25.01.2026
Andijonda qariyb 19 ming dollarni nonlar orasiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
07:30 / 08.01.2026