Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik litseylarga qabul DTM o‘tkazadigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi
“Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori e'lon qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik litseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta'lim dasturlari asosida o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.
Akademik litsey o‘quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishi uchun dars mashg‘ulotlariga yuqori malakali pedagoglar jalb qilinadi, zaruriy sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, akademik litseylarda umumta'lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soati oshiriladi hamda ularning ulushi kamida 50 foizga yetkaziladi.
Ta'lim bosqichlari uzluksizligini ta'minlash maqsadida OTMlarning turdosh ta'lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlar akademik litseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikatsiya qilinadi.
Akademik litseylarda o‘qish davrida unifikatsiya qilingan fanlarni o‘zlashtirgan, oliy ta'lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta'lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o‘zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi sayti orqali amalga oshiriladi.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olishda Davlat test markazi tomonidan tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha hamda intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlab beruvchi test sinovlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
11:55 / 11.07.2025
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
15:27 / 09.07.2022
Imtihonlar sanasi, tartibi va boshqalar: Sardor Rajabov bilan suhbat
15:11 / 06.07.2022
Test sinovlari bu yil ham stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi
17:30 / 30.06.2022