– Imtihonlar oçiq havoda ötadigan böldi, abituriyentlarga qanday şaroit yaratiladi?
– Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari oçiq xiyobon va stadionlarda bölişi belgilandi. Ularning röyxati tasdiqlandi va bu töğrisida Davlat test markazi abituriyentlar va ularning ota-onalariga xabar berdi. Qanday taşkil etilişiga keladigan bölsak, birinçi yil emas, uçinçi yil testlarni oçiq stadion va xiyobonlarda taşkil qilyapmiz.
54ta stadion va xiyobon tanlab olingan. U yerda barça şaroitlar yaratiladi. Birinçidan, abituriyentlar şaxsini identifikatsiyalaş, Face-ID orqali tekşirib kiritiş, undan keyin har bir guruhga kamera, ikkitadan nazoratçi qöyişni rejalaştirganmiz. Undan taşqari, test jarayonlari töğridan töğri efirga uzatiladi. Har domgidek ruçka, suv beriladi. Agar maxsus komissiyaning tibbiy niqob beriş haqida qarori qabul qilinsa, niqob ham tarqatiladi. Ötgan yilga soliştiradigan bölsak, taşkilotçilik sifati undan-da yaxşiroq bölişiga harakat qilamiz.
– Yoz oyi bölgani uçun havo harorati juda issiq, abituriyentlarga boş kiyim tarqatiş körib çiqilmayaptimi?
– Ikki yil davomida boş kiyimlar tarqatildi. Bu yil hali bu haqda bizga topşiriq yöq, çunki joylar tayyorgarligi endi boşlandi. Öylaymanki, oçiq joyda bölsa, boş kiyim ham beriladi. Agar abituriyentlar özining boş kiyimi bilan kelsa ham, bunga heç qanday çeklov bölmagan.
– Çet tilidan ijodiy imtihon qanday şaroitda ötkaziladi? Qaysi sanadan qaçongaça va ularni baholaş mezoni qanday böladi?
– Bu yil Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 6ta oliy ta’lim muassasasida çet tili birinçi til sifatida kiritilgan bölsa, ularga ijodiy imtihon olinişi hamda prezident qarori bilan ijodiy imtihon topşiradigan yönalişlarga 10 iyulgaça röyxatga oliş belgilandi. Doimiy ravişda bu haqda abituriyentlarni ogohlantiryapmiz, hamma 20 iyulgaça ötsa, sizlar 10 iyulgaça ötib bölişingiz kerak, deb. Çunki ulardan 4ta könikma böyiça (tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş) imtihon ötkazişimiz kerak.
Ularni taşkillaştiriş va baholaş mezoni hamda formati qanday böladi degan savol bor. Hukumatning 73-sonli qarori bilan formati belgilangan, şu format doirasida B1 darajadagi savollar böladi. U testlar DTM veb-saytida turibdi. U yerda namunaviy savollarni işlab körsa böladi. Şuningdek, veb-saytimizda onlayn imtihon topşirib köriş mumkin.
Çet tilidan ijodiy imtihonda har bir könikma uçun 30 balldan, jami 120 ball beriladi. Şu ball 93 ballga foiz jihatdan konvertatsiya qilinadi. Agar siz testga kirib 4ta könikma böyiça jami 80 foiz natija körsatgan bölsangiz, sizga 93 ballning 80 foizi beriladi.
Yana bir tomoni bor, ijodiy imtihon böladigan 6ta OTMga topşirayotganlar faqat şu OTMga topşira oladi. Şuningdek, ijodiy imtihonlar yopiq binolarda taşkil etiladi, çunki tinglab tuşuniş imtihonini oçiq havoda ötkaziş imkonsiz.
Gapiriş imtihoni kompyuterda olinadi. Bunda DTM tomonidan yaratilgan dasturga abituriyent JŞIRni kiritiş orqali tizimga kiradi va ekspert bilan gaplaşadi. Savol-javob tugagandan keyin dastur audioni ikkinçi ekspertga yuboradi. Ikkinçi ekspert ham baholaydi va ikki ekspertning ballaridan kelib çiqib örtaça ball avtomatik hisoblanib qöyiladi.
Agar birinçi va ikkinçi ekspert qöygan baholar bir-biridan keskin farq qilsa, unda dastur uni avtomatik 3-ekspertga yuboradi. Dastur 3-ekspert orasidan bir-biriga yaqin ikki ekspertning bahosini olib, örtaça natija çiqaradi.
Köpçilik özimdan ham sörayaptiki, korrupsiya bölmaydimi, deb. Dastur şu sababli yaratilgan ediki, u abituriyent gapiriş imtihonini topşirgaç, uning audiosini istalgan ekspertga avtomatik tasodifiy tanlab yuboradi. Bizda ekspertlar bazasi bor. DTM yoki kimdir falonçi abituriyentning işini falonçi ekspertga yuborişni tanlab bera olmaydi.
Yoziş könikmasi ham şunaqa, ya’ni yozib topşirgandan keyin skayner qilinadi va javob varaqasini dastur yopadi hamda random tarzda istalgan ekspertga yuboradi.
– Ijodiy imtihonlarni abituriyentlar yaşaş joyida topşirişi uçun ham şaroit böladimi?
– Imtihonlar barça hududlarda taşkillaştiriladi. Bizda çet tilini biliş böyiça CEFR imtihonlari qanday taşkil qilinsa, xuddi şunga öxşagan tarzda test sinovlari ötkaziladi.
– Keçga qolgan abituriyent testga kiriş huquqidan mahrum böladimi?
– Hukumatning 261-qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilab qöyilganki, keçga qolgan abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Birinçidan, keçga qolgan abituriyent boşqalarga xalal beradi. Çunki nazoratçi javoblar varaqasi va test topşiriqlar kitobini qanday töldiriş mumkinligi haqida tuşuntiriş beradi. Keç qolgan abituriyentga qayta tuşuntirişning imkoni bölmaydi, çunki bu boşqalarga xalal beradi. Bundan taşqari, abituriyentlarda “test kitoblari oçilganidan keyin kelib ötirdi”, degan ma’noda e’tiroz bölişi mumkin.
Keç qolgan abituriyentni kiritmaymiz, lekin qanaqadir darajada vaqt beryapmiz. Birinçi yili soat 8:00 da test boşlanadigan bölsa, bir daqiqa keçiksa ham kiritmayotgan edik. Lekin ötgan yil beş daqiqa vaqt berdik, bu yil ham, öylaymanki, şunaqa böladi. Lekin test sinovlari boşlanganidan keyin heç kim testga kiritilmaydi.
– Bu yil ham test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar ötkaziladimi yoki qandaydir özgarişlar böladimi?
– Komissiya qarori bilan imtihonlar qaçondan qaçongaça ötkazilişi belgilanadi. Çunki neçta abituriyent bölişi noma’lum, hali qabul tugamadi. Barça abituriyentlar haqida ma’lumot hosil bölgandan keyin ötiriş örinlariga qarab ularni taqsimlab, test sinovlari neça kun davom etişi belgilanadi.
Hozir xiyobon va stadionlar tayyorlanyapti, barça taşkiliy işlar tugagaç, test muddati e’lon qilinadi. Öylaymanki, avgustning boşida boşlanadi va albatta abituriyentlar soniga qarab neça kun çözilişi ma’lum böladi.
– Qanday hollarda abituriyent imtihondan çetlaştirilişi mumkin?
– Telefon olib kirişga harakat qilsa yoki olib kirsa. Telefonmi, soatmi, har qanday şpargalka olib kiriş mumkin emas. Abituriyentlar asosan şu sabab bilan çetlaştiriladi. Bundan taşqari, savollar kitobini almaşsa yoki bir-biri bilan gaplaşsa, boşqa abituriyent örniga ötirib test işlaşga urinsa, çetlaştiriladi.
Ötgan yil kuzatildi, qandaydir yöl bilan telefon olib kiryapti va savollar kitobini rasmga olib çiqarib yuboryapti. Savollar kitobi har bir abituriyent uçun individual tuzilgan. Rasmga olib çiqarib yuborganda esa savollar kitobining raqami körinib qoldi. Biz şunday raqamli kitob qaysi imtihon nuqtasiga ketganini aniqlay olamiz. Kameralarni kötarib, telefon işlatganiga guvoh bölib, abituriyentni çetlaştirganmiz.
Undan keyin, savollar kitobining raqamini yopib tarqata boşlaşdi, lekin individual variant bölgani uçun öşa savollar ketma-ketligidagi variantlar kimga tegişliligini aniqlaymiz va kamerani kötarib öşa abituriyentni testdan çetlaştiramiz.
Töliq intervyuni Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qiling.
Madina Oçilova suhbatlaşdi.
Operator va montaj ustasi Mirvohid Mirzarahimov.












