Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar sayyoramizda kvadrillion tonna olmos bor bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilishdi
Foto: RIA Novosti / Aleksandr Utkin
Xalqaro olimlar guruhi yer qobig‘ida kvadrillion tonna olmos bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Massachusets texnologik instituti saytida ma'lum qilindi.
Olimlar tovush to‘lqinlarining yer qobig‘ida tarqalishi haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib bunday xulosaga kelishgan. Tovush harorat, zichlik va jinslar tuzilishiga bog‘liq holda turli tezlik bilan harakat qilgani sababli olimlar litosfera tarkibi modelini yarata olishgan.
Aniqlanishicha, bunday ulkan miqdordagi olmoslar zaxirasi qadimiy platformalar yoki boshqacha aytganda, yer qobig‘ining qit'alar negizini tashkil qiluvchi qismlari – kratonlarda joylashgan bo‘lishi mumkin. Olmosning ulardagi miqdori 1-2 foizni tashkil qiladi, bu esa kvadrillion (ming trillion) tonnani tashkil qiladi. Biroq bu olmoslarni qazib olish dargumon, chunki ular yer sirtidan 140-240 km chuqurlikda joylashgan. Bunday chuqurlikkacha burg‘ilashning imkoni yo‘q.
“Bu holat olmos shunchalik noyob mineral emasligini, aksincha geologik ko‘lamda keng tarqalganini ko‘rsatadi. Albatta, biz bu olmoslarga yeta olmaymiz, biroq ular biz avval taxmin qilgandan ancha ko‘proq ekan”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Ulrix Faul.
Mavzuga oid
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
16:58 / 11.11.2024
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda
10:50 / 21.10.2024