Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda
Yosh avlod tabiiy olmoslarni sotib olishga kamroq qiziqish bildirib, ularning o‘rniga muqobil zargarlik buyumlarini afzal ko‘rayotgani narxlarga ta’sir ko‘rsatyapti.
Foto: AP
Dunyo bozorida brilliantlar narxi tez arzonlashmoqda. Bu haqda Amerikaning Rapaport kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.
Asosiy sezilarli qulash og‘irligi 1 qirot bo‘lgan brilliantlar segmentida qayd etilmoqda. Noyabr boshida ularning narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga, joriy yil boshidan beri esa 23 foizga arzonlashgan — bu 2015 yil yanvarda qayd etilgan eng past ko‘rsatkichga teng.
Kichik brilliantlar narxi ham sezilarli darajada arzonlashgan — o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizga va 2024 yil boshidan beri 28 foizga. Bozorda ortiqcha olmoslarning ko‘payib ketgani narxlarning pasayishi sabablaridan biri bo‘lmoqda. Shuningdek, yosh avlod tabiiy olmoslarni sotib olishga kamroq qiziqish bildirib, ularning o‘rniga muqobil zargarlik buyumlarini afzal ko‘rmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreyadagi Fundamental fanlar instituti olimlari sun’iy olmosni bir necha daqiqada o‘stirishga yordam beradigan texnikani ishlab chiqqandi. Yangi usul suyuq metallarni aralashtirishga asoslangan. Aralashma tarkibiga nikel, galliy, temir va kremniy kiradi. Jarayon, shuningdek, 1025 daraja tselsiygacha kuchli qizdirishni talab qiladi. Grafit korpus ichidagi maxsus vakuum tizimi metallarni metan va vodorod aralashmasi ta’siri orqali tez qizdirish va sovitish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida Lucara Diamond konchilik kompaniyasi Botsvanadagi (Afrika) Karove konida og‘irligi 2492 karat (498,4 gramm) bo‘lgan olmos topilganini e’lon qilgan edi. Hali o‘z nomini olmagan qimmatbaho tosh shu paytgacha topilganlar orasida ikkinchi va hozir mavjud bo‘lganlar orasida eng kattasi bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
10:50 / 21.10.2024
Stratosferaga olmos changini chiqarish global isishni kamaytirishi mumkin
20:47 / 22.08.2024