Stratosferaga har yili 5 million tonna olmos çangining çiqişi sayyorani 1,6 darajaga sovitişi mumkin. Bu haqda Science.org tadqiqot natijalariga tayanib xabar bermoqda.

Bu global isişning eng yomon oqibatlarini oldini oliş uçun yetarli.

Olimlar stratosferaga purkalgan olmos çanglari quyoş nurlarini aks ettirib, haroratni pasaytirişi mumkinligini aniqlaşdi.

Qayd etilişiça, ilgari vulqon tutuni va zarralari atmosferani qoplab, Yerning sovişiga sabab bölgan.

Yangi tadqiqot stratosfera aerozol inʼeksiyasi deb nomlanuvçi geoinjyeneriya şakliga tegişli. Uşbu ğoya vulkanizmning tabiiy jarayoniga asoslangan.

Tadqiqot natijalari Geophysical Research Letters jurnalida çop etildi.