O‘zbekiston | 00:38 / 18.10.2020
41556
1 daqiqa o‘qiladi

OTMlarda an'anaviy ta'limga qaytish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda

OTMlarda an'anaviy ta'limga qaytish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z borgan.

Foto: Unsplash

Kun.uz manbasining xabar berishicha, 17 oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida ta'lim masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OTMlarda an'anaviy darslarga qaytish masalasi ham muhokama qilingan.

Ma'lumotga ko‘ra, videoselektorda oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy ta'limga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, so‘rovnomalar o‘tkazish, sanitariya-epidemiologiya talablariga mos tarzda OTMlarning an'anaviy ta'limga qaytish imkoniyatlarini baholash topshirig‘i berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda OTMlarda o‘qishni qaysi shaklda olib borish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytgandi

Lekin an'anaviy ta'limga qaytilishi bilan ko‘p sonli talabalarning poytaxtga qaytishi ijtimoiy masofa saqlash imkoniyatini kamaytirishi, talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish muammolari borligi haqida ham ma'lumot berilgandi.

Mavzuga oid