Botir Zohidov kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Prezident ötkazayotgan yiğilişda Bandlik vazirligining hozirgi iş yuritişi bilan tegişli marralarga erişib bölmasligi qayd etildi. Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boşqaça bölişi körsatib ötildi.

Mahallabay agentligi tugatilib, uning barça vazifalari hamda hokim yordamçilari Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligiga ötadi.

Botir Zohidov 1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2003 yil Toşkent moliya institutini, 2008 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Zohidov 20 yil davomida bank tizimida işlagan. Markaziy bankda valuta ayirboşlaş va konversion operatsiyalar maxsus boşqarmasi boşliği bölgan. 2017 yil avgustida Markaziy bank raisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2020 yildan MB raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2022 yil sentabrida Şayxontohur tumani hokimi etib tayinlangandi.

23 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Botir Zohidov nomzodini kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri lavozimiga ma’qullagandi.

Vazirlikka 2022 yil dekabridan buyon Behzod Musayev rahbarlik qilib kelayotgandi.